Londonning «Tottenxem» klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Risharlisonda BAA chempionatida faoliyatini davom ettirish varianti bo‘lgan. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Jurnalistga ko‘ra, «Shabab Al-Ahli» hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor bo‘lgan. Klub futbolchini transfer qilishga urinib ko‘rgan, biroq Angliya tomoni kelib tushgan taklifni rad etgan. «Shporlar» bitim shartlaridan qoniqmagan.
Risharlison 2022 yil yozidan buyon London jamoasi safida to‘p tepmoqda. Uning shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi, futbolchining bozor qiymati esa 25 million yevroni tashkil etadi.
Braziliyalik futbolchi joriy APL mavsumida 1 ta uchrashuvda maydonga tushdi.













