«Atletiko» himoyachisi Mark Pubil hujumchi Xulian Alvares atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi. Yozgi transferlar oynasida Madrid klubi futbolchining xohishiga qaramay, Alvaresni «Barselona»ga qo‘yib yubormadi.
«Kiyinish xonasida biz bu vaziyatni tashqaridan qanday ko‘rinayotgan bo‘lsa, xuddi shunday qabul qilamiz. Xulian — ajoyib va juda o‘ziga xos futbolchi. Uning biz bilan birga ekani — omadimiz. Barchamiz u bilan birga o‘ynashdan zavq olamiz va unga yordam beramiz. U qodir bo‘lgan eng yaxshi o‘yinini namoyish etadi, deb umid qilamiz — u jahon darajasidagi futbolchi», — deya Pubilning so‘zlarini Marca keltirdi.
Transfermarkt portali 26 yoshli Xulian Alvaresning qiymatini 120 million yevroga baholamoqda.













