«Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn odamlar xotirasida qanday futbolchi sifatida qolishni xohlashi haqidagi savolga javob berdi.
«Meni jamoa manfaatlarini doimo birinchi o‘ringa qo‘ygan futbolchi sifatida eslashlarini xohlayman. Jamoadoshlarini hurmat qilgan inson sifatida. Siz hech qachon o‘z jamoangiz, klubingiz yoki terma jamoangizdan muhimroq bo‘la olmaysiz», — deya Keynning so‘zlarini The Touchline keltiradi.
2026/2027 yilgi mavsumda Xarri Keyn «Bavariya» safida 7 ta uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu o‘yinlarda hujumchi 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ayni paytda «Bavariya» Bundesliga turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.













