UFC prezidenti Dana Uayt Xamzat Chimayevning navbatdagi jangi bo‘yicha rejalari borligini ma’lum qildi.
«Chimayev bo‘yicha rejalar bormi? Ha. Ular bilan bo‘lishamanmi? Yo‘q», — dedi Uayt.
Chimayev so‘nggi jangida 10 may kuni ishtirok etgan va Shon Striklendga mag‘lub bo‘lgan. Avvalroq Chimayev yil oxiriga qadar navbatdagi jangida ishtirok etishga tayyor ekanini aytgandi.













