Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rosenyor sobiq jamoasi muxlislari bilan janjaliga izoh berdi

Rosenyor sobiq jamoasi muxlislari bilan janjaliga izoh berdi

Baho:
+ | -

Shanba kuni «Jan Buen» stadionida bo‘lib o‘tgan «Parij» — «Strasbur» uchrashuvi (2:1) janjal bilan yakunlandi.

Parijliklar bosh murabbiyi Liam Rosenyor uchun bu o‘yin alohida ahamiyatga ega edi: u yil boshida «Strasbur»ni boshqargan, ammo Enso Mareska ketganidan so‘ng «Chelsi»ni boshqarish uchun jamoani tark etgan va ko‘p o‘tmay qoniqarsiz natijalar sababli londonliklar tomonidan ishdan bo‘shatilgan.

Yakuniy hushtakdan so‘ng Rosenyor g‘alabani mehmonlar sektorida, «Strasbur» muxlislari oldida nishonlash uchun bordi. Bu harakat darhol reaksiyaga sabab bo‘ldi: mehmonlar jamoasi futbolchilari sobiq murabbiyining oldiga yugurib kelib, unga o‘z e’tirozlarini bildirishdi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Rosenyor o‘z harakatining sababini tushuntirdi:

«Bir guruh odamlar — va men aynan kichik bir guruhni nazarda tutyapman, chunki “Strasbur” fantastik klub — o‘zini hurmatsizlarcha tutdi. Ular oilamni haqorat qilishdi. Zaxira o‘rindig‘imdagi hamma juda jahllangan edi. Shuning uchun mening bu tarzda nishonlashim aniq bir ishora edi. Bu mavzu bo‘yicha boshqa hech narsa demayman», — dedi murabbiy.

Kiritildi: 17:47, 20.09.2026.
O'qildi: 774 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик