Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Sport Witness «Liverpul» qishda Minte uchun qayta kurashga kirishishi mumkin bo‘lgan shartni oshkor qildi

Sport Witness «Liverpul» qishda Minte uchun qayta kurashga kirishishi mumkin bo‘lgan shartni oshkor qildi

Baho:
+ | -

«Liverpul» «Brayton»ning qanot hujumchisi Yankuba Minte bilan kelayotgan qishda shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqmoqda, faqat buning uchun jamoadan vinger Kodi Gakpo ketishi kerak. Bu haqda Sport Witness xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklarning 22 yoshli futbolchiga bo‘lgan qiziqishi u jarohatdan so‘ng qanchalik yuqori darajadagi futbol namoyish eta olishiga ham bog‘liq. Ta’kidlanishicha, gambiyalik vinger yaqin ikki-uch yil ichida APLni tark etish niyatida emas.

O‘tgan mavsumda Minte barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va to‘rtta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 18:00, 20.09.2026.
O'qildi: 818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик