«Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning agenti Aleksandr Klyuyev mijozining faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish varianti borligini ma’lum qildi.
«Aleksandr Golovinga haqiqatan ham Saudiya Arabistoni klublaridan biridan taklif bor. Andrey Arshavin hammasini to‘g‘ri aytgan.
Bu top-klub hisoblanadi. Boshqa variantlarni esa hatto ko‘rib ham chiqmagan bo‘lardik. Bu yo‘nalishda voqealar qanday rivojlanishi haqida hozircha biror narsa deyishga erta», — dedi agent Sport24 nashriga.













