«Liverpul»ning markaziy himoyachisi Jeremi Jake jamoadagi faoliyatini hayratlanarli darajada boshladi.
Yakshanba kuni fransuz «qizillar»ga Premyer-liga doirasida «Bornmut» ustidan qozonilgan «quruq» g‘alabada (1:0) yordam berdi. Aynan 21 yoshli sentrbek uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Mukofotni unga jamoadoshini tabriklab, oldinda uni shunday sovrinlar juda ko‘p kutayotganini aytgan jamoa sardori Virgil van Deyk topshirdi.
Jake Angliya chempionatining joriy mavsumida o‘z yakkakurashlarining 76,3 foizida (38 tadan 29 tasida) g‘alaba qozondi. Opta qayd etishicha, van Deykning «Liverpul»dagi butun faoliyati davomidagi eng yaxshi ko‘rsatkichi ham aynan shuncha bo‘lgan (2018/19 yilgi mavsumda). Shunga qaramay, mersisaydliklarning istiqbolli yangi a’zosi mavsum oxirigacha ushbu darajani saqlab qolish uchun astoydil harakat qilishiga to‘g‘ri keladi.













