Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Luis Enrike Ferran Torresning «PSJ»dagi o‘yiniga baho berdi

Luis Enrike Ferran Torresning «PSJ»dagi o‘yiniga baho berdi

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike hujumchi Ferran Torresning o‘yini haqida nimalar fikrlashini so‘zlab berdi.

Avgust oyida «Barselona»dan parijliklar safiga ko‘chib o‘tgan 26 yoshli futbolchi yangi jamoasida o‘tkazgan oltita o‘yinda yettita gol urdi. Yakshanba kuni ispaniyalik futbolchi «Marsel»ga qarshi 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushganidan ko‘p o‘tmay o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

«Men barcha yangi futbolchilarimizdan mamnunman – ular jamoamizni ajoyib tarzda kuchaytirishdi. Ferran ajoyib sport formasida. U ayniqsa hujum markazida juda kuchli, doimo oldinga intiladi, bu esa tarkibida Vitinya, Beraldo, Fabian Ruis, Joau Nevesh va Zair-Emeri kabi yarim himoyachilari bor jamoa uchun juda foydali. Torres juda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda va u biz bilan birga ekanidan xursandmiz», – dedi Enrike matbuot anjumanida.

«PSJ» Liga 1 turnir jadvalida besh turdan so‘ng sakkiz ochko jamg‘arib, olinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 04:10, 21.09.2026.
O'qildi: 1177 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик