Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

"Milan" hujumchisi murabbiyga ko‘rsatib qo‘ymoqchi

"Milan" hujumchisi murabbiyga ko‘rsatib qo‘ymoqchi

Baho:
+ | -

"Milan" hujumchisi Diyegu Moreyra Italiya chempionatining 5-turida "Lechche" ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.

Moreyra uchrashuvning 73-daqiqasida "Milan"ning uchinchi golini urdi.

"Men "San-Siro"da gol urishni juda yaxshi ko‘raman. Bu men va oilam uchun katta ahamiyatga ega. Muxlislar qarshisida gol urib, g‘alaba qozonish va darvozamizni daxlsiz saqlash menga katta baxt bag‘ishlaydi. Endi terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffus paytida yaxshi dam olib, yangi kuch bilan qaytishni istayman.

Men hayotda ham, faoliyatimda ham nimani xohlashimni yaxshi bilaman. Shuning uchun diqqatni yo‘qotmaslik muhim. Hozircha asosiy tarkibda o‘yin boshlamayapman, ammo zaxiradan maydonga tushib gol urayapman. Mendan talab qilinadigan narsa — jamoaga bor kuchimni berish.

Ishlashda va o‘zimga ishonishda davom etishim kerak. Faqat shu yo‘l bilan murabbiyga har bir o‘yinni asosiy tarkibda boshlashga tayyor ekanimni ko‘rsata olaman", — deya 22 yoshli belgiyalik futbolchining so‘zlarini Sky Sports keltiradi.

Moreyra 2026/27 yilgi mavsumda 4 ta o‘yinda 3 ta gol urdi.

Kiritildi: 10:17, 21.09.2026.
O'qildi: 677 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик