Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Superligada bugun 22-turning so‘nggi o‘yini o‘tkaziladi

Superligada bugun 22-turning so‘nggi o‘yini o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 22-turi bugun, 21 sentyabr kuni yakunlanadi.

Turning oxirgi uchrashuvida "Xorazm" o‘z maydonida "Qizilqum"ni qabul qiladi. Mazkur bahs soat 20:15 da boshlanadi.

22-tur doirasidagi qolgan o‘yinlar allaqachon bo‘lib o‘tdi. "Navbahor" "Dinamo"ni 3:2 hisobida yenggan bo‘lsa, "Paxtakor" "Mash’al"dan 2:1, "Bunyodkor" esa "Buxoro"dan 2:1 hisobida ustun keldi.

"Nasaf" safarda "Andijon"ni 4:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. "Surxon" "Qo‘qon-1912"ni 1:0, OKMK "So‘g‘diyona"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. "Neftchi" esa Toshkentda "Lokomotiv"ni 1:0 hisobida yengdi.

Turnir jadvalida ayni paytda "Neftchi" 22 ta uchrashuvdan 51 ochko to‘plab, birinchi o‘rinni egallab turibdi. "Paxtakor" 49 ochko bilan ikkinchi, "Navbahor" 44 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan.

OKMK va "Lokomotiv" hisobida 35 tadan ochko bor. "Nasaf" 34 ochko bilan 6-o‘rinda, "Buxoro" esa xuddi shu ochko bilan 7-pog‘onada bormoqda.

Bugun o‘zaro to‘qnashadigan jamoalardan "Qizilqum" 21 o‘yindan keyin 26 ochko bilan 11-o‘rinda. "Xorazm" esa 21 ochko bilan 14-pog‘onani egallab turibdi.

21 sentyabr. Superliga, 22-tur:

"Xorazm" — "Qizilqum" — 20:15

Kiritildi: 10:19, 21.09.2026.
O'qildi: 911 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик