Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Messi jarima zarbalaridan urilgan gollar bo‘yicha tarixda ikkinchi o‘ringa chiqdi

Messi jarima zarbalaridan urilgan gollar bo‘yicha tarixda ikkinchi o‘ringa chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi MLS muntazam chempionati doirasida "San-Diyego"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jarima zarbasidan gol urdi. Bahs 2:2 hisobida yakunlandi.

The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, 39 yoshli argentinalik futbolchi butun futbol tarixi davomida jarima zarbalaridan eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida yakka holda ikkinchi o‘ringa chiqdi. Messi hisobida bunday 75 ta gol bor. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha braziliyalik Jairni ortda qoldirdi. Jair jarima zarbalaridan 74 ta gol urgan.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni braziliyalik Marselinyo Karioka 78 ta gol bilan egallab turibdi. To‘rtinchi o‘rinda Roberto Dinamit 73 ta, beshinchi o‘rinda esa Juninyo Pernambukano 72 ta gol bilan qayd etilgan.

Messi professional faoliyati davomida 1176 ta o‘yinda 930 ta gol urgan. Shuningdek, u 424 ta golli uzatma ham amalga oshirgan.

Kiritildi: 10:21, 21.09.2026.
O'qildi: 1548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик