Italiyaning «Frozinone» klubi A Seriyadagi dastlabki besh turdan so‘ng 10 ochko jamg‘arib, o‘z tarixidagi eng yaxshi startni qayd etdi. Ushbu ochkolarning uchtasi «Komo»ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritildi va bu natija ma’lum ma’noda sensasiya bo‘ldi. «Frozinone» bosh murabbiyi Massimiliano Alvini uchrashuv natijasi haqida fikr bildirdi.
«Biz qanday yo‘l tutishni tanlashimiz kerak edi. Albatta, o‘z o‘yin uslubimiz bor, ammo har bir uchrashuv alohida strategiyani talab qiladi. Agar «Komo»ga qarshi yuqori pressing qilsangiz, orqada bo‘sh hududlar qoldirish xavfi paydo bo‘ladi. Agar pastroq himoyalansangiz, maydonning o‘z yarmingizda yakkakurashlarda g‘alaba qozonishingiz kerak bo‘ladi», — deya Alvinining so‘zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.
Keyingi turda «Frozinone» «Napoli»ga qarshi maydonga tushadi.













