«Monako» rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovinni qancha mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekani ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasida «Spartak» 30 yoshli futbolchini sotib olishga harakat qilgan edi.
Taniqli jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, «Monako» «Spartak»ning Golovin uchun taklif qilgan 19 million yevrosini rad etgan. Manbaga ko‘ra, monegasklar o‘z yetakchisi uchun 25-30 million yevro olishni istamoqda.
Shuningdek, Golovinga Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi hamda Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» va «Neom» jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalar hisobida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.













