Madridning «Real» klubi braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior yangi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi.
The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, «Real»da Vinisiusning joriy mavsumdagi o‘yini borasida xavotir kuchaymoqda. Yangi shartnoma imzolanganidan keyin hujumchining o‘yin darajasi sezilarli pasaygani qayd etilmoqda.
26 yoshli futbolchi mavsumning dastlabki 8 ta uchrashuvida atigi 1 ta gol urgan.
Shu bilan birga, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyu asosiy tarkibda daxlsiz futbolchilar yo‘qligini ochiq bildirgan. Shu sabab yaqin vaqt ichida Vinisius zaxira o‘rindig‘ida qolishi mumkin.
Yetti turdan so‘ng «Real» 15 ochko jamg‘arib, Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.













