«Atalanta» bosh murabbiyi Maurisio Sarri A Seriya o‘yinida «Yuventus»ga (0:2) imkoniyatni boy bergach, jamoa texnik va taktik jihatdan o‘sib borayotganini, ammo unga xarakter va tashabbuskorlik yetishmayotganini aytdi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Turindagi uchrashuv «byankoneri» ikkinchi golni urmagunicha, 65 daqiqa davomida teng kurashlar ostida kechgan.
«Jamoam yaxshilanib bormoqda, ammo biz hali ham jur’at, entuziazm va tashabbus ko‘rsatish borasida ortda qolyapmiz. Bu jamoaga ko‘proq xarakter kerak, uning qalbida o‘sha olovni yoqish lozim».
Sarri, shuningdek, ketma-ket uchta mag‘lubiyatdan iborat seriyaga izoh berar ekan, vaziyatni krizis deb atashdan bosh tortdi.
«Dastlabki uchta o‘yin pastroq saviyada edi, ammo oxirgi uchtasida biz o‘sishga erishyapmiz. Bu jamoada muayyan imkoniyatlar bor va ularni yuzaga chiqarish kerak».













