«Lids Yunayted» bosh murabbiyi Daniel Farke APL doirasida «Kristal Pelas»ga qarshi kechgan o‘yinda (0:0) jamoasiga hujumda sifat yetishmaganini tan oldi. «Lids» 13 ta zarba yo‘lladi, ammo ulardan faqat ikkitasi darvoza sohasiga aniq bordi.
«Natijani hamisha shunchaki «ko‘proq kurashish, ko‘proq intensivlik va ko‘proq g‘alabalar kerak» degan so‘zlar bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Ba’zida shunday, ammo 38 tur davomida emas. Ba’zida sifat hisobiga ham g‘alaba qozonish kerak, biz esa bugun hujumda va oldingi chiziqda qaror qabul qilishda ana shu sifatni topa olmadik».
Germaniyalik mutaxassis darvoza daxlsizligi saqlab qolinganidan va Premyer-ligadagi mag‘lubiyatsiz seriya 5 ta o‘yinga yetganidan mamnun ekanini ta’kidladi, ammo taassurotlar aralash bo‘lib qolganini tan oldi.
«Haqiqat shundaki, 38 turning hammasi ham projektorlar ostidagi va shampan futboli namoyish etiladigan sehrli oqshomlar bo‘la olmaydi. Ba’zida yakshanba kuni mehnat qilishga ham to‘g‘ri keladi. Menga ko‘p narsalar yoqdi, ammo hujumda bu aniq eng yaxshi o‘yinimiz bo‘lmadi. Biz to‘p bilan juda erinchoqlik bilan muomala qildik va uni yetarlicha tez harakatlantirmadik. «Kristal Pelas» yaxshi himoyalandi va tahsinga loyiq»













