"Sanderlend" yarim himoyachisi Granit Jakaga nisbatan tergov boshlangan. Futbolchi koronavirusga qarshi emlanganlik haqida soxta sertifikat olganlikda gumon qilinmoqda.
The Touchline nashri RMC Sport ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, agar Jaka aybdor deb topilsa, unga 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tahdid qilishi mumkin.
2026/27 yilgi mavsumda Granit Jaka 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ularning har birida 90 daqiqadan harakat qildi. Shveysariyalik futbolchi hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.
Jaka faoliyati davomida "Bazel", Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi, "Arsenal" va "Bayer" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.













