Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Atletiko»ga qarshi o‘yindan so‘ng «Real»ga nisbatan intizomiy chora ko‘rilishi mumkin

«Atletiko»ga qarshi o‘yindan so‘ng «Real»ga nisbatan intizomiy chora ko‘rilishi mumkin

Baho:
+1 | -

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, «Real» yakshanba kuni «Atletiko»ga qarshi o‘tkazilgan Madrid derbisida ikkinchi bo‘lim boshlanishini kechiktirgani uchun intizomiy jazoga tortilishi mumkin.

Uchrashuv bosh hakami Migel Anxel Ortis Arias bayonnomada ikkinchi bo‘lim mehmon jamoaning maydonga kech qaytishi sabab besh daqiqa kech boshlanganini qayd etgan.

Ushbu holat Ispaniya futbol federasiyasi intizom qoidalarining 89-moddasiga to‘g‘ri keladi. Unga ko‘ra, jamoa maydonga chiqishni kechiktirgan taqdirda klub 3 ming yevrogacha jarimaga tortilishi mumkin.

Biroq Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, «Real» dastlab ogohlantirish bilan cheklanishi ehtimol. Agar bunday holat yana takrorlansa, klubga jarima qo‘llanilishi, bosh murabbiy Joze Mourinyo esa bir o‘yindan uch o‘yingacha diskvalifikasiya qilinishi mumkin.

Kiritildi: 18:34, 21.09.2026.
O'qildi: 1770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик