Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kannavaro shtabiga ikki nafar italiyalik mutaxassis qo‘shildi

Kannavaro shtabiga ikki nafar italiyalik mutaxassis qo‘shildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro shtabiga ikki nafar yangi mutaxassis qo‘shildi.

O‘FA ma’lumotiga ko‘ra, italiyalik Silvano Kotti milliy jamoada fizioterapevt sifatida ish boshlaydi. U katta xalqaro tajribaga ega bo‘lib, faoliyati davomida Italiya va Xitoy milliy terma jamoalari, shuningdek, "Inter", "Milan", "Chelsi" va "Roma" klublarida mehnat qilgan.

Shuningdek, Andrea Yuliano O‘zbekiston milliy terma jamoasi shtabiga sport nutrisiologi sifatida qo‘shildi. Biolog-nutrisiolog va sport ovqatlanishi bo‘yicha mutaxassis avval "Udineze" klubi hamda Shveysariya U-21 terma jamoasi bilan ishlagan.

Yangi mutaxassislar milliy jamoa futbolchilarining jismoniy holatini nazorat qilish, tiklanish jarayoni va sport ovqatlanishi yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.

Kiritildi: 18:42, 21.09.2026.
O'qildi: 1923 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик