Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Barselona» braziliyalik 19 yoshli himoyachini kuzatuvga oldi

«Barselona» braziliyalik 19 yoshli himoyachini kuzatuvga oldi

Baho:
+ | -

«Barselona» «Atletiko Paranaense» himoyachisi Artur Diasga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirdi. UmDois Esportes xabariga ko‘ra, klubning bosh skauti Joau Amaral 19 yoshli futbolchining o‘yinini kuzatish uchun Braziliyaga borgan.

Amaral «Atletiko Paranaense»ning «Baiya» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvini «Arena da Bayshada» stadionidan kuzatgan. Uning mazkur o‘yinda hozir bo‘lishi Kataloniya klubining markaziy himoyachiga jiddiy qiziqish bildirayotganini ko‘rsatadi. Amaral «Barselona» sport direktori Deku bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.

Dias Karlo Anchelotti tomonidan ilk bor Braziliya terma jamoasiga chaqirilganidan so‘ng Yevropaning bir qator klublari e’tiborini tortdi.

Avvalroq «Tottenxem» futbolchining huquqlarining 80 foizi uchun 21 million yevro taklif qilgan, ammo bu taklif rad etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Atletiko Paranaense» Dias uchun kamida 30 million yevro talab qilmoqda.

Artur Dias joriy mavsum Braziliya chempionatida 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yil dekabriga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 18:46, 21.09.2026.
O'qildi: 1309 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик