Shotlandiya chempionati 7-turida «Seltik» «Reyndjers»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng muxlislar bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi. Hodisa «Seltik Park» stadioni yaqinidagi A728 (Clyde Gateway) yo‘lida sodir bo‘lgani sababli, ushbu hudud vaqtincha transport harakati uchun yopildi.
Shotlandiya polisiyasining ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Avtobusni ijaraga bergan McLean’s Coaches kompaniyasi esa dastlabki ma’lumotlar va suratlarga asoslanib, yong‘inga vandalizm sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Kompaniya bu taxmin muxlislar yoki klubga nisbatan ayblov emasligini ta’kidlab, hodisa yuzasidan tegishli idoralarga xabar berilganini ma’lum qildi. Avtobus evakuasiya qilinib, texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.













