Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Figu Ispaniyadagi eng sevimli stadionini aytdi

Figu Ispaniyadagi eng sevimli stadionini aytdi

Baho:
+ | -

"Barselona" va "Real"ning sobiq futbolchisi Luish Figu Sport nashri o‘tkazgan qisqa so‘rovnomada o‘ziga atmosferasi bilan eng katta taassurot qoldirgan stadionlar haqida gapirdi.

Undan dunyoda qaysi arena eng katta taassurot qoldirgani so‘ralganda, portugaliyalik futbolchi "Liverpul" stadionini tilga oldi.

Keyin Figudan Ispaniyadagi eng kuchli atmosferaga ega stadionni aytish so‘raldi. U "Barselona" va "Real" arenalarini istisno qilgan holda:

"Ehtimol, "San-Mames", deya javob berdi.

Shuningdek, Figudan faoliyatidagi eng yaxshi golini tanlash so‘raldi.

"Bu oson, chunki men unchalik ko‘p gol urmaganman. Yevropa chempionatida Angliyaga qarshi o‘yinda urgan golimni tanlayman", dedi u.

Luish Figu 2009 yilda "Inter" futbolchisi sifatida faoliyatini yakunlagan. U faoliyati davomida "Sporting", "Barselona" va Madridning "Real" klublari sharafini ham himoya qilgan.

Kiritildi: 22:33, 21.09.2026.
O'qildi: 1161 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик