Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Bellingem derbida Juliano Simeoneni haqorat qildi

Bellingem derbida Juliano Simeoneni haqorat qildi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem La Liganing 7-turidan o‘rin olgan "Atletiko"ga qarshi uchrashuv vaqtida hujumchi Juliano Simeonega haqoratli tarzda murojaat qildi. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Uchrashuv Madriddagi "Sivitas Metropolitano" stadionida bo‘lib o‘tdi. Bahsni bosh hakam Migel Anxel Ortis Arias boshqardi. O‘yin "Atletiko"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mojaroli vaziyat ikkinchi bo‘limda, futbolchilar to‘p uchun kuch ishlatib kurash olib borayotgan paytda sodir bo‘ldi. Yerga yiqilgan Bellingem darhol o‘rnidan turib, Simeone bilan munosabatlarni oydinlashtirishga urindi.

"Atletiko" yarim himoyachisi Koke vaziyatni yumshatish maqsadida Bellingemni chetga tortishga harakat qildi. Biroq translyasiya kameralari angliyalik futbolchining Simeonega qarata: "Bor yo‘qol, la’nati ablah", deb baqirayotganini qayd etdi.

Yettita turdan so‘ng "Atletiko" 16 ochko jamg‘arib, La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. "Real" esa 15 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.

Kiritildi: 22:54, 21.09.2026.
O'qildi: 1556 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик