Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Yuventus» hujumchisi Kolo Muani jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi

«Yuventus» hujumchisi Kolo Muani jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchisi Randal Kolo Muani o‘ng qo‘li barmog‘i sinishi sababli jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

27 yoshli fransiyalik futbolchi A Seriyaning 5-turidan o‘rin olgan «Atalanta»ga qarshi uchrashuvning (2:0) birinchi bo‘limida jarohat olgan.

Futbolchining o‘ng qo‘lidagi jimjilog‘i jarohatlangan. O‘yindan keyin o‘tkazilgan tekshiruv barmoqning proksimal falangasi singanini tasdiqladi. Shu sababli jarrohlik aralashuvi talab etildi va osteosintez amaliyoti o‘tkazildi.

Klub xabarida aytilishicha, shu kuni kunduzi o‘tkazilgan operasiya muvaffaqiyatli yakunlangan. Shunga qaramay, Kolo-Muani jamoa qaydnomasiga kiritilishi mumkin.

2026/27 yilgi mavsumda Kolo Muani 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Yuventus» bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 04:09, 22.09.2026.
O'qildi: 637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик