Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Birmingem Siti» sobiq futbolchisi og‘ir YTHdan keyin shifoxonaga yotqizildi

«Birmingem Siti» sobiq futbolchisi og‘ir YTHdan keyin shifoxonaga yotqizildi

Baho:
+ | -

«Birmingem Siti»ning sobiq yarim himoyachisi Jordan Grem shu oy boshida sodir bo‘lgan jiddiy yo‘l-transport hodisasidan keyin shifoxonada davolanmoqda. Bu haqda PA xabar berdi.

31 yoshli futbolchi ayni paytda maxsus tibbiy muolajalarni olmoqda.

«Uning oilasi Jordanga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va tibbiy yordam uchun nihoyatda minnatdor. Ular hozir butun e’tiborini Jordan va uning sog‘ayishiga qaratgani sababli shaxsiy hayot daxlsizligini hurmat qilishni va ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmaslikni so‘rashmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot faqat buning uchun munosib vaqt kelganda taqdim etiladi», — deyiladi Professional futbolchilar assosiasiyasi (PFA) bayonotida.

Grem faoliyatini «Aston Villa» akademiyasida boshlagan. Keyinchalik u ijara asosida «Ipsvich Taun», «Bredford Siti» va «Vulverxempton» klublarida to‘p surgan.

2015 yilda u «Vulverxempton»ga to‘liq asosda o‘tdi va klub safida besh yil faoliyat olib bordi. Shu davrda futbolchi «Oksford Yunayted», «Fulxem» va «Jillingem»da ham ijara asosida o‘ynadi.

Grem uchun eng muvaffaqiyatli mavsum 2020/21 yillarda «Jillingem» tarkibida o‘tdi. U 44 ta o‘yinda 13 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu natijalar unga Chempionshipga qaytish imkonini berdi va 2021 yil iyunida futbolchini «Birmingem Siti» o‘z safiga qo‘shib oldi.

Biroq Gremning «Birmingem»dagi faoliyati kutilganidek kechmadi. U ikki yil davomida 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, gol ura olmadi va 5 ta golli uzatma berdi.

2023 yil iyunida futbolchi Birinchi ligada ishtirok etuvchi «Leyton Oriyent»ga o‘tdi. Bu yerda uni jarohatlar ta’qib qildi — Grem ikki marta tizza payini uzib oldi. Bundan avval, «Vulverxempton» safida o‘ynagan paytida esa tizzasidagi xochsimon bog‘lamlar jarohatini ham boshdan kechirgan.

Grem 2025 yil yozida «Leyton Oriyent»ni tark etdi va shundan beri erkin agent maqomida. U so‘nggi bor 2024 yil noyabrida maydonga tushgan.

Kiritildi: 04:22, 22.09.2026.
O'qildi: 680 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик