Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Infantino FIFA boshqaruv tizimini isloh qilishga tayyorligini bildirdi

Infantino FIFA boshqaruv tizimini isloh qilishga tayyorligini bildirdi

Baho:
+ | -2
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino tashkilot boshqaruv tizimini isloh qilish masalasini muhokama qilishga tayyorligini bildirdi. U bu haqda FIFA kengashi a’zolariga yo‘llagan maktubida ma’lum qildi. Maktub matni The Athletic nashri tomonidan e’lon qilindi.

«Birinchidan, men kengashdan FIFAda yirik strategik tashabbuslarni boshqarish bo‘yicha amaldagi tizimni mustaqil tashqi auditdan o‘tkazish va uni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar olish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga tayyor yoki tayyor emasligini so‘rayman.

Ikkinchidan, men kengashga konfederasiyalar, a’zo assosiasiyalar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, tizimli va aniq muddatlar bilan cheklangan maslahatlashuv jarayonini tashkil etishni taklif qilaman. Bundan maqsad FIFAda qaror qabul qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirish yo‘llarini muhokama qilishdir», — deb yozgan Infantino.

Iyul oyida 56 yoshli futbol funksioneri FIFA Forward Enterprise kompaniyasini tashkil etishni rejalashtirgan edi. Mazkur kompaniya Xalqaro futbol federasiyasi shafeligida o‘tkaziladigan asosiy erkaklar va ayollar musobaqalarini nazorat qilishi kerak edi.

Infantino jahon chempionatlarini o‘tkazish bilan bog‘liq huquqlarning bir qismini xususiy investorlarga sotish g‘oyasini ham qo‘llab-quvvatlagan. FIFA ma’lumotiga ko‘ra, ushbu loyiha 4,2 milliard dollar miqdorida sarmoya jalb qilishi mumkin edi.

Biroq bu tashabbusga UEFA, KONKAKAF, Osiyo futbol konfederasiyasi va KONMEBOL qarshi chiqqan.

Keyinchalik Infantino mazkur loyihani amalga oshirishdan voz kechdi.

Kiritildi: 04:23, 22.09.2026.
O'qildi: 927 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик