«Milan» sobiq futbolchisi Robinyoning o‘g‘li «Jenoa» yoshlar jamoasi safida asosiy tarkibda boshlagan ilk o‘yinida ikkita gol urdi.
Bu «Atalanta» yoshlar jamoasiga qarshi bahsda ro‘y berdi. Shu tariqa Domeniko Krishito boshqarayotgan jamoada yangi qahramon paydo bo‘ldi.
Robinyo Junior 2007 yil 19 dekabrda tug‘ilgan. Braziliyalik futbolchi Italiya fuqaroligiga ham ega.
U avval «Santos» safida to‘p surib, 19 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Robinyo Junior «Jenoa»ga ijara asosida kelib qo‘shilgan. Shu bilan birga, Italiya klubi futbolchini ustuvor tarzda sotib olish huquqiga ham ega, deya xabar bermoqda derbyderbyderby.it.













