«Brayton» va «Aston Villa» Paragvayning «Nasyonal» klubi himoyachisi Mauro Koronelni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deb xabar beradi Teamtalk.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, mudofaa markazida harakat qiluvchi 18 yoshli paragvaylik futbolchi o‘z mamlakatining eng yorqin talantlaridan biri hisoblanadi: u «Nasyonal»ning asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi va 2026 yilda mamlakat oliy divizionida 16 ta o‘yin o‘tkazdi, ularning 8 tasida jamoa o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormadi.
Himoyachining shartnomasi 2026 yil dekabr oyi oxirida tugaydi, bu esa «Nasyonal» uchun o‘yinchini tekinga yo‘qotish xavfini tug‘diradi. Koronel, shuningdek, Paragvayning 17 yoshgacha va 20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalarida o‘ynash tajribasiga ega.
Himoyachining agenti Renato Bittar yaqinda Yevropa klublari uning mijozini uzoq vaqtdan beri kuzatib kelayotganini tasdiqladi.
Transfermarkt o‘yinchining transfer qiymatini 400 ming yevroga baholamoqda.













