Madridning «Real» klubi sobiq sardori Nacho Fernandes Joze Mourinyo boshchiligidagi jamoaning istiqbollarini baholadi.
Portugaliyalik murabbiy jamoani tark etganidan 13 yil o‘tib, joriy mavsum boshlanishi oldidan Ispaniya superklubiga qaytdi.
«Mourinyo — g‘olib, u jamoani to‘g‘ri yo‘lga qanday qaytarishni biladi. Ikkita og‘ir mavsumdan so‘ng «Real» uni qaytarishga qaror qilganidan hayron bo‘lmadim», — dedi hozirda Saudiya Arabistonining «Al-Kodisiya» klubida to‘p surayotgan Nacho Fernandes El Larguero bilan suhbatda.
«Qirollik klubi» La Liganing yetti turidan so‘ng 15 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam «Barselona»dan olti ochkoga ortda qolmoqda. Yakshanba kuni Mourinyo jamoasi safardagi derbida «Atletiko»ga imkoniyatni boy berdi (1:2).













