«Atalanta»ning 25 yoshli ivuariyalik markaziy himoyachisi Odilon Kosunu jarohat oldi. Bu haqda Pazzi di Fanta xabar berdi.
Kosunu mushaklaridagi muammo tufayli «Yuventus»ga qarshi 0:2 hisobida yakunlangan uchrashuvni o‘tkazib yuborgan edi.
Keyinchalik o‘tkazilgan tibbiy tekshiruv natijasida futbolchining chap son bisepsida o‘rtadan yuqori darajadagi jarohat aniqlangan.
Kosunu allaqachon reabilitasiya kursini boshladi. Uning tiklanish muddati hozircha ma’lum qilinmagan.
Joriy mavsumda Odilon «Atalanta» safida barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi va samarali harakat qayd etmadi.
«Atalanta» A Seriyadagi navbatdagi o‘yinini 12 oktyabr kuni o‘z maydonida «Venesiya»ga qarshi o‘tkazadi. 15 oktyabr kuni esa jamoa Konferensiyalar ligasi doirasida «Pafos»ni qabul qiladi.













