Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Irlandiya murabbiyi Isroilga qarshi o‘yin oldidan: «Biz genosid bilan emas, unga qarshi o‘ynayapmiz»

Irlandiya murabbiyi Isroilga qarshi o‘yin oldidan: «Biz genosid bilan emas, unga qarshi o‘ynayapmiz»

Baho:
+ | -

Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xeymir Xadlgrimsson Millatlar ligasida Isroilga qarshi o‘yin oldidan Isroil mudofaa kuchlarining G‘azodagi harakatlarini «genosid» deb atadi.

«Biz genosid bilan o‘ynamayapmiz, biz genosidga qarshi o‘ynayapmiz. Biz Isroilga qarshi o‘ynayapmiz, Isroil bilan emas», — dedi Xadlgrimsson matbuot anjumanida.

Isroil — Irlandiya uchrashuvi 27 sentyabr kuni Vengriyaning Debresen shahrida bo‘lib o‘tadi. Javob bahsi esa 4 oktyabrga belgilangan.

Irlandiya futbol assosiasiyasi avvalroq UEFAdan qur’a tashlash marosimlarida Isroil va Irlandiya terma jamoalarini bir-biriga to‘qnash keltirmaslikni so‘ragan, ammo bu iltimos rad etilgan.

Shuningdek, Irlandiya futbol assosiasiyasi Isroilning G‘azodagi harbiy operasiyalari sabab mamlakat terma jamoalarini Yevropa musobaqalarida ishtirok etishdan chetlatishga UEFAni rasman chaqirgan edi.

Kiritildi: 08:22, 22.09.2026.
O'qildi: 1015 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик