«Manchester Yunayted»ning Premyer-ligada noyabr oyida o‘tkazadigan uchta uchrashuvi sanasi va boshlanish vaqti tasdiqlandi.
«Yunayted»ni noyabr oyida «Aston Villa», «Liverpul» va «Brentford»ga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi.
Oyning dastlabki bahsida «Aston Villa» 8 noyabr, yakshanba kuni «Old Trafford» mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
Dastlab bu o‘yin 7 noyabrga belgilangan edi, ammo Sky Sports orqali jonli translyasiya qilinishi munosabati bilan bir kunga surildi.
Xalqaro tanaffusdan keyin «Manchester Yunayted» «Enfild»da «Liverpul» mehmoni bo‘ladi. Bu uchrashuv ham 22 noyabr, yakshanba kuniga ko‘chirildi va Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
Oyning Premyer-ligadagi so‘nggi o‘yinida esa o‘zgarish bo‘lmadi. «Manchester Yunayted» 28 noyabr, shanba kuni «Old Trafford»da «Brentford»ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.
«Manchester Yunayted»ning noyabr oyidagi Premyer-liga taqvimi:
8 noyabr, 21:30 — «Aston Villa» (uyda)
22 noyabr, 21:30 — «Liverpul» (safarda)
28 noyabr, 20:00 — «Brentford» (uyda)













