"Everton" himoyachisi Jerred Brentueyt hali ham "Manchester Yunayted"ning transfer ro‘yxatida qolmoqda.
Biroq Football Insider xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" 24 yoshli angliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishda qiyinchilikka duch kelishi mumkin.
Buning asosiy sababi "Everton"ning hozirgi moliyaviy holati bilan bog‘liq. Klub yozda Iliman Ndiayeni "Manchester Siti"ga sotganidan keyin moliyaviy jihatdan ancha qulay vaziyatga keldi va tarkibdagi yana bir yetakchi futbolchini zudlik bilan sotishga ehtiyoj sezmayapti.
Joriy mavsumda Brentueyt barcha musobaqalarni hisobga olganda 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma qayd etmadi.
Transfermarkt portali himoyachining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.













