Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

16 yoshli Maks Douman Angliya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin

16 yoshli Maks Douman Angliya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Arsenal"ning 16 yoshli vingeri Maks Doumanni milliy jamoaga chaqirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, bu g‘oya Tuxelda Millatlar ligasining yaqin o‘yinlari oldidan bir qator futbolchilar terma jamoa yig‘iniga kela olmasligi ma’lum bo‘lganidan keyin paydo bo‘lgan.

Deklan Rays, Koul Palmer, Markus Reshford, Kobbi Maynu va Tino Livramento yig‘inda ishtirok etmaydi.

Ayni paytda Angliyaning 19 yoshgacha bo‘lganlar terma jamoasiga jalb etilgan Maks Douman asosiy milliy jamoaga chaqirilishga umid qilmoqda. Biroq Tuxel hali yakuniy qaror qabul qilmagan.

Angliya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 26 sentyabr kuni Ispaniyaga qarshi o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Kiritildi: 11:22, 22.09.2026.
O'qildi: 623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик