O‘zbekiston Superligasining 22-tur uchrashuvlariga tashrif buyurgan muxlislar soni ma’lum bo‘ldi.
Tur doirasida o‘tkazilgan 8 ta uchrashuvni stadionlardan jami 38 870 nafar tomoshabin kuzatdi. Bu har bir bahsga o‘rtacha qariyb 4 859 nafar muxlis to‘g‘ri kelganini anglatadi.
22-turda eng ko‘p tomoshabin "Navbahor" — "Dinamo" uchrashuvida qayd etildi. Namangandagi bahsni 15 851 nafar muxlis stadiondan kuzatdi.
Keyingi o‘rinda "Xorazm" — "Qizilqum" uchrashuvi turibdi — 7 420 nafar. "Andijon" — "Nasaf" bahsiga esa 6 747 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.
Eng kam muxlis "Surxon" — "Qo‘qon-1912" uchrashuvida qayd etildi — 312 nafar.
22-turdagi muxlislar ko‘rsatkichi:
"Navbahor" — "Dinamo" — 15 851
"Mash’al" — "Paxtakor" — 1 061
"Bunyodkor" — "Buxoro" — 1 479
"Andijon" — "Nasaf" — 6 747
"Surxon" — "Qo‘qon-1912" — 312
"So‘g‘diyona" — OKMK — 1 350
"Lokomotiv" — "Neftchi" — 4 650
"Xorazm" — "Qizilqum" — 7 420
Jami: 38 870 nafar muxlis.













