«Chelsi»da o‘ynagan «Monako» sardori Denis Zakariya jamoadoshi Lamin Kamaraning London klubiga amalga oshmay qolgan transferi haqida fikr bildirdi.
«Men unga «Chelsi»da yaxshi, ammo «Monako»da undan ham yaxshiroq ekanini aytdim. U professional. Menimcha, o‘xshamay qolgan transfer uni faqat kuchliroq qildi. U «Lans»ga qarshi o‘yinda ajoyib harakat qildi», — deydi Zakariyaning so‘zlarini Get French Football News.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasida Kamara «Chelsi»ga o‘tishga yaqin edi, ammo so‘nggi kunda «Monako» bitimni bekor qildi.
Ushbu mavsumda Kamara barcha turnirlarda yettita o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va o‘z hisobiga bitta golli uzatmani yozib qo‘ydi.













