«Napoli» sport direktori Jovanni Manna klub hozirda ijara asosida «Fiorentina»da o‘ynayotgan «Real» vingeri Franko Mastantuonoga qiziqish bildirganini tan oldi.
«Biz Mastantuononi hali «River Pleyt»dagi chiqishlari davridan beri kuzatib kelayotgan edik. Bu o‘yinchi bizga yoqar edi va u haligacha bizga yoqadi. Biz uni «Real»dan olmoqchi edik, ammo klub uni o‘z shartlari bilan sotayotgan edi, bu shartlar esa ayni damda «Napoli» uchun qabul qilib bo‘lmas edi», — dedi Manna DAZNga bergan intervyusida.
O‘tgan yozda «Fiorentina» 19 yoshli Mastantuononi «Real»dan ijaraga oldi. «Binafsharanglilar» tarkibida u barcha turnirlarda yettita uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi.













