Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Valverde qancha vaqt maydonga tushmaydi?

Valverde qancha vaqt maydonga tushmaydi?

Baho:
+ | -

La Liganing 7-turidan o‘rin olgan «Atletiko»ga qarshi madrid derbisidan (1:2) so‘ng «Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde jarohatining og‘irlik darajasi ma’lum bo‘ldi.

O‘yinning 45-daqiqasida maydon markaziga yaqin joyda maydon egalari xavbeki Li Kan In butsasining shiplari bilan Valverdening to‘piq qismiga bosib oldi. Uchrashuv bosh hakami Migel Anxel Ortis Aryas koreyalik futbolchini jazolamadi. O‘yindan so‘ng «Real» ushbu vaziyatda Valverde to‘pig‘idan jarohat olganini xabar qildi. Hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) Li Kan Inga qizil kartochka ko‘rsatilishi kerak bo‘lganini tan oldi.

«Madrid» bugun Federikoda chap to‘piq bo‘g‘imi boylamlarining 3-darajali cho‘zilishi tashxisi qo‘yilganini xabar qildi.

Klub 28 yoshli urugvaylik futbolchining tiklanish muddatlariga aniqlik kiritmadi, ammo jurnalist Serxio Kirantening xabar berishicha, «Madrid»da Valverde taxminan ikki hafta maydonga tusha olmasligi aytilmoqda. Shu tariqa, u terma jamoalar o‘yinlari sababli yuzaga keladigan tanafsusdan so‘ng safga qaytadi.

Kiritildi: 15:46, 22.09.2026.
O'qildi: 1493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик