Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Bernal «Barselona» bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Bernal «Barselona» bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Tomonlar 19 yoshli ispaniyalik futbolchining bitimini 2031 yilning yozigacha uzaytirishni rejalashtirishmoqda.

Yangi shartnomaning asosiy shartlaridan biri — tovon puli summasini avvalgi darajada, ya’ni 500 million yevro miqdorida saqlab qolish bo‘ladi. «Barselona» rahbariyati bu summani oshirishni lozim topmadi, chunki amaldagi miqdor yosh futbolchining salohiyatini yuqori baholash uchun yetarli deb hisoblaydi.

Bitim tez orada uzaytirilishi haqida avvalroq «Barselona» sport direktori Deku klubning oxirgi assambleyasida ma’lum qilgan edi. Hozirda muzokaralar yakuniy bosqichda. Bernal «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2024 yilning iyul oyidan beri asosiy jamoada harakat qilib kelmoqda.

Kiritildi: 15:52, 22.09.2026.
O'qildi: 611 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик