"Arsenal" akademiyasi yarim himoyachisi Mishel Nduka "Manchester Siti"ga o‘tishini rasman yakunladi. 16 yoshli futbolchi iyul oyidayoq amaldagi Angliya chempioni safiga qo‘shilishga rozilik bergan edi.
Nduka "Arsenal" taklif qilgan yangi uzoq muddatli shartnomani rad etdi. Shundan so‘ng "Manchester Siti" uning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Dastlab futbolchining yangi klubga stipendiya asosida qo‘shilishi rejalashtirilgan edi.
Yosh yarim himoyachi shu oy boshida Instagram sahifasida "Arsenal" bilan xayrlashganini ham ma’lum qilgandi.
"U "Rahmat. "Arsenal", deb yozgan.
Nduka 2025 yil sentyabr oyida "Charlton Atletik"dan "Arsenal"ga kelib qo‘shilgan va London klubida bir yilga ham yetmaydigan vaqt o‘tkazdi.
O‘tgan mavsumda u "Arsenal"ning turli yosh toifasidagi jamoalari safida jami 13 ta o‘yinda maydonga tushdi. Shulardan 10 tasini 18 yoshgacha bo‘lganlar, 2 tasini esa 21 yoshgacha bo‘lganlar jamoasida o‘tkazdi.













