"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi va klubidagi murabbiylari haqida fikr bildirdi.
"Didye Deshamni ham unutmaslik kerak. U 14 yil davomida Fransiya termasi bilan tarix yaratdi va ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi..."
"Buning iloji yo‘q!"
"Ammo endi terma jamoada yangi bosh murabbiy — Zinedin Zidan. Jamoa bilan yangi tarkibda uchrashishni intiqlik bilan kutyapsizmi?"
"Albatta. Avvalo, Didye Deshamga munosib hurmat ko‘rsatish kerak. Uning Fransiya termasi uchun qilgan ishlari shunchaki aql bovar qilmas darajada. U o‘z nomini tarixga yozdi va jamoani o‘ziga munosib bo‘lgan o‘ringa qaytardi. Buning uchun undan doimo minnatdor bo‘lamiz.
Endi yangi murabbiy bilan yangi bosqich boshlanmoqda. Hammasi qanday kechishini ko‘ramiz. Yangi yo‘lning boshida doimo shunday bo‘ladi: hamma narsa yangi, moslashish kerak. Biz esa darhol ishga kirishib, g‘alaba qozonishni boshlashimiz lozim. Chunki muxlislar bizdan aynan shuni kutishadi".
"Zidan yangi lavozimiga kirishganidan keyin u bilan gaplashdingizmi?"
"Yo‘q. U bilan Klerfontenda uchrashishni kutyapman. Menimcha, aynan o‘sha yerda gaplashgan ma’qul. Albatta, biz bir shaharda — Madridda yashaymiz va avval ham bir necha marta uchrashganmiz, qolaversa, oldindan tanish edik.
Ammo men haqiqatan ham Klerfontenga borishni va uning bizdan jamoa sifatida, mendan esa futbolchi sifatida nimani kutayotganini tushunishni istayman. Keyin hammasi qanday kechishini ko‘ramiz".
"Joze Mourinyu "Real" bosh murabbiyi bo‘lganidan keyin hayotingizda nimadir o‘zgardimi? Qachondir shunday shaxs bilan ishlashni istaganmidingiz?"
"Ha, albatta. Men har doim uning murabbiyim bo‘lishini istaganman. U doimo menda qiziqish uyg‘otgan. U juda aqlli inson va o‘z ishini juda yaxshi biladi.
U yetakchi. Murabbiy sifatida esa zamonaviy futbol davridagi eng yaxshilardan biri. Shuning uchun bunday darajadagi insonlardan o‘rganish va har kuni ular bilan yonma-yon ishlash doimo yoqimli".
"Demak, hammasi joyida?"
"Hammasi yaxshi. Hayotda bundan ham yomonroq narsalar bo‘ladi", dedi Mbappe kulib.













