Sentyabr oyi o‘rtasida Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi bosh murabbiysiz qolgandi. Germaniya chempionatidagi dastlabki to‘rt uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan jamoa Oygen Polanski bilan shartnomani bekor qildi. Endi klubga Aleksandr Blessin bosh murabbiy etib tayinlandi.
53 yoshli mutaxassis bilan 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasi imzolandi. Blessin avval «Sankt-Pauli»ni boshqargan va uning qo‘l ostida jamoa Germaniya elita divizionini tark etgan. Shuningdek, mutaxassis Belgiyaning «Yunion Sent-Jilluaz» va «Ostende», Italiyaning «Jenoa» hamda Germaniyaning «RB Leypsig» klublarida ishlagan.
«Borussiya» Bundesliganing dastlabki to‘rt turidan so‘ng turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda.













