Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Bibisora Assaubayevaning onasi: “SHaxmat olimpiadasida Javohir Sindarovga muxlislik qilyapman”

Bibisora Assaubayevaning onasi: “SHaxmat olimpiadasida Javohir Sindarovga muxlislik qilyapman”

Baho:
+ | -

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Jahon shaxmat olimpiadasida qozog‘istonlik taniqli shaxmatchi Bibisora Assaubayevaning onasi Liana Tanjarikova musobaqada qaysi jamoalarni qo‘llab-quvvatlayotganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, ayollar o‘rtasidagi bahslarda o‘z vatani Qozog‘istonga, erkaklar o‘rtasida esa O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilmoqda.

“Olimpiadada kimga muxlislik qilyapman? Mendan bu haqda tez-tez so‘rashadi va javobim oddiy: ikkala mamlakatga ham. Ayollar jamoalaridan, albatta, Qozog‘istonga! Qizlarimiz Bibisora Assaubayeva bilan birgalikda bor kuchini ishga solib, bu mehmondo‘st zaminda oltin medalni qo‘lga kiritishi kerak. Erkaklar orasida esa O‘zbekistonga! Yigitlar juda yosh, ulkan maqsadlarga ega va nihoyatda iste’dodli. Ayniqsa, Javohir Sindarovga chin dildan muxlislik qilyapman. O‘zim Qozog‘iston janubida tug‘ilib, o‘zbek mahallasida katta bo‘lganman. Shuning uchun bu men uchun raqobat emas, balki ikki qardosh xalqning bayramidir”, deb yozadi Tanjarikova o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Qozog‘iston ayollar terma jamoasi turnir startida Iordaniya, Kolumbiya, Gresiya, Ispaniya va Ozarbayjon kabi jamoalarni mag‘lub etib, ketma-ket 6 ta g‘alabaga erishdi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi esa 6-turdan so‘ng 12 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 00:04, 23.09.2026.
O'qildi: 1134 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик