Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

De Bryoyne: «Men «Napoli»dan ketish g‘oyasini ko‘rib chiqmadim»

De Bryoyne: «Men «Napoli»dan ketish g‘oyasini ko‘rib chiqmadim»

Baho:
+ | -

Belgiyalik yarim himoyachi Kevin de Bryoyne o‘tgan transfer oynasida «Napoli»dan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Bu haqda jurnalist Janluka di Marsio sayti xabar bermoqda.

«Men bu yozda «Napoli»dan ketish g‘oyasini hech qachon ko‘rib chiqmaganman. Bu haqda hech kim bilan gaplashmadim», - dedi hozirda milliy terma jamoa ixtiyorida bo‘lgan belgiyalik yarim himoyachi.

De Bryoyne, shuningdek, Belgiya terma jamoasidagi vaziyati haqida ham gapirib berdi. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u Mark van Bommelga jamoaga yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

«Men ham ruhan, ham jismonan o‘zimni yaxshi his qilyapman, shu sababli shu ruhda davom etishni xohladim. Ko‘plab o‘yinchilar mendan qolishni so‘rashdi. Kelajak haqida haddan tashqari ko‘p o‘ylashni xohlamayman, ammo men uchun bu muammo emas edi».

Joriy mavsumda 35 yoshli futbolchi maydonda 6 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 06:29, 23.09.2026.
O'qildi: 518 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик