«Liverpul» darvozaboni Georgiy Mamardashvili mavsum yakunlangach klubni tark etishi mumkin.
«Qizillar»ning asosiy posboni sifatida braziliyalik Alisson Beker qolmoqda, uning amaldagi shartnomasi keyingi yilning o‘rtalarida o‘z nihoyasiga yetadi. Jurnalist Jeyms Pirsning ma’lumotlariga ko‘ra, agar braziliyalik posbon amaldagi mehnat shartnomasini uzaytirsa va «birinchi raqam» maqomini saqlab qolsa, Mamardashvili 2027 yilning yozida klubda qolishi dargumon. Gruziyalik futbolchi ketma-ket uchinchi mavsumda ham dublyor roliga rozi bo‘lish niyatida emas.
Joriy mavsumda Georgiy Mamardashvili bor-yog‘i bir marta — Angliya liga kubogi doirasidagi «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda (3:1) maydonga tushdi. Transfermarkt portali 25 yoshli posbonning qiymatini 28 mln yevroga baholamoqda.













