Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Matteus: «U mikrofonlar oldida ko‘p gapirishga majbur emas»

Matteus: «U mikrofonlar oldida ko‘p gapirishga majbur emas»

Baho:
+ | -

Taniqli germaniyalik sobiq futbolchi Lotar Matteus «Bavariya» vingeri Maykl Olise sha’niga aytilayotgan tanqidlarni o‘rinsiz deb hisoblaydi.

Fransuz futbolchisi intervyu berishni xohlamasligi bilan tanilgan: u jurnalistlar bilan muloqotda maksimal darajada kamgap, buni ayrimlar hurmatsizlik deb baholamoqda.

«Hammasi joyida. Agar xohlamasa, nega gapirishi kerak? Bizga shov-shuvli sarlavhalar kerak bo‘lgani uchunmi? Bu shunchaki uning fe’l-atvoriga mos emas, bu narsa uni qiziqtirmaydi. Menga o‘xshagan kimdir kamera qarshisiga o‘tib gapiradi, Olise esa o‘yinlardan so‘ng o‘zi uchun qulayroq narsa bilan shug‘ullanishni afzal ko‘radi. Uning qulaylik hududi — bu aniq mikrofon va kamera emas. Men bunda hech qanday muammo ko‘rmayapman. Modomiki u maydonda shunchalik ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan ekan, intervyulardan qochishi va xohlagan libosini kiyib yurishi mumkin. Men uchun uning maydondagi harakatlarini kuzatish juda qiziqarli», — deydi Matteusning so‘zlarini Bayern & Germany.

Maykl Olise joriy mavsumda «Bavariya» safida yettita o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 06:57, 23.09.2026.
O'qildi: 656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик