Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Shaxmat olimpiadasi. Bugun O‘zbekiston-1 erkaklar jamoasi Xitoyga qarshi bahs olib boradi

Shaxmat olimpiadasi. Bugun O‘zbekiston-1 erkaklar jamoasi Xitoyga qarshi bahs olib boradi

Baho:
+ | -

Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida bugun, 23 sentyabr kuni 7-tur bahslari bo‘lib o‘tadi.

Unda O‘zbekistonning asosiy terma jamoasi Xitoyga qarshi dona suradi.

6-turda O‘zbekiston Hindistonni mag‘lub etib, ochkolar sonini 12 taga yetkazgan va yakka peshqadamga aylanib olgandi. Xitoy terma jamoasi esa 6-turda musobaqani mag‘lubiyasiz davom ettirayotgan Germaniyani ishonchli tarzda taslim etdi. Hozirda Xitoyda 11 ochko mavjud. Bugungi bahs chempionlik poygasida ulkan ahamiyatga ega.

O‘zbekistonning 2-terma jamoasi esa Fransiyaga qarshi dona suradi. Barcha bellashuvlar soat 15:00da boshlanadi.

Asosiy juftliklar:

O‘zbekiston — Xitoy
O‘zbekiston-2 — Fransiya
O‘zbekiston-3 — Janubiy Afrika
Armaniston — AQSH
Angliya — Hindiston

Ayollar jamoalarimizning raqiblari:

O‘zbekiston-1 (9 ochko) - Sloveniya (9 ochko)
O‘zbekiston-2 (8 ochko) - Tojikiston (8 ochko)
O‘zbekiston-3 (8 ochko) - Peru (8 ochko)

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:23, 23.09.2026.
O'qildi: 835 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик