"Liverpul"ning afsonaviy sobiq futbolchisi Stiven Jerrard "Tottenxem"ning yangi mavsumdagi o‘yini haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, "Tottenxem" o‘yinida ma’lum o‘sish bor, ammo jamoaga sof hujumchi yetishmayapti. Ularda muntazam gol uradigan forvard yo‘q. Hujum chizig‘ida qiziqarli futbolchilar bor, lekin bir mavsumda 20 ta golni kim uradi?" — dedi Jerrard TNT Sports efirida.
Besh turdan so‘ng "Tottenxem" atigi 2 ochko jamg‘arib, Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalining so‘nggi o‘rnini egallab turibdi.
Oltinchi turda Roberto De Dzerbi shogirdlari safarda "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushadi.













