«Tottenxem» himoyachisi Endryu Robertson Roberto De Dzerbi boshchiligidagi jamoaning istiqbollari haqida fikr bildirdi.
«Biz o‘z yo‘limizni endi boshlayapmiz. «Tottenxem» bir necha og‘ir mavsumni boshdan kechirdi, klub transfer bozoriga chiqib, ancha katta mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keldi. Menimcha, «Tottenxem» hozir yangi yo‘lning boshida turibdi. Ammo bu yo‘lda qanchalik uzoqqa bora olishimizni bilmayman», — dedi Robertson Stick to Football’ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, «Tottenxem» so‘nggi ikki mavsumda ketma-ket Angliya Premyer-ligasini 17-o‘rinda yakunlagan. Joriy mavsumda esa «shporlar» besh turdan keyin ikki ochko bilan turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda.
10 oktyabr kuni Roberto De Dzerbi shogirdlari safarda «Manchester Yunayted»ga qarshi maydonga tushadi.













